TECHNOWAYS

Marafoniga xush kelibsiz

Technoways Marafoni 2020

  • 9:30pm Sen 15, 2020
  • Toshkent sh., Olmazor tm., Universitet k-si, 4 uy

O'ZBEKISTONDAGI ILK TEXNOLOGIK RIVOJLANISH MARAFONI

Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘rta hamda oliy ta’lim muassasalaridan ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarni saralab olib, 2 hafta davomida “Robototexnika” “3D prototiplashtirish” “Internet jihozlari” “Marketing” “Web Development” yo‘nalishlari bo‘yicha va markazga tegishli bo‘lgan 6 ta zamonaviy laboratoriyaning texnik imkoniyatlaridan foydalanib mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga barcha bilim va ko‘nikmalar onlayn hamda amaliy tarzda beriladi.

3D Prototiplashtirish

Bu jismoniy ob'ektni raqamli 3D modelini yaratish uslubidir.

IoT

Bu Internet buyumlari, atrofimizdagi barcha ob'ektlarni birlashtiradigan tarmoq.

Robototexnika

Avtomatlashtirilgan texnik tizimlarni ishlab chiqish va ishlatish bilan bog'liq faoliyat sohasi - robotlar.

Web Dev (WordPress)

Tarkibni boshqarish tizimi (CMS) orqali sayt yaratish.

MARAFON DASTURI

- Tadbirning ochilish marosimi;
- Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati to'g'risida;
- G'oyadan tijoratlashtirishgacha bo'lgan jarayon to'g'risida;
- Ilmiy unvon ahamiyati to'g'risida dars va seminarlar o'tkaziladi.

Ishtirokchi va tashkilotchilar o‘rtasida “team building” soatlari hamda Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazining 6 ta zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalarning texnik imkoniyatlari to‘g‘risida mazkur laborotoriya mutaxassislari tomonidan uquv amaliy tushuntirish darslari o‘tkaziladi.

  • IoT
  • 3D Prototiplashtirish
  • Robototexnika
  • Web Dev (WordPress)

Tadbir ishtirokchilari hafta yakuniga qadar o‘zlarinng barcha to‘plagan bilim va ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda guruhlarga ixtisoslashtirilib, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tomonidan har bir guruhga murabbiylar biriktiriladi. Mazkur guruhlar tomonidan yaratilgan loyihalar yuqorida ko‘rsatilgan barcha talab va me’zonlar asosida shakllangan bo‘lishi lozim.

Biznes Angellar

Har bir korxona marafonda ishlab chiqiladigan loyihalarga 20 million so'mdan ivestitsiya kiritish istagini bildirdi.

SPIKERLAR